O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 35mlrd 583,5mln dollarni tashkil etdi. Bu iyun oyiga nisbatan 179,8 mln dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 11,7 mln troy unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21,1 mlrd dollardan 21,2 mlrd dollarga ko‘paygan.

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 444,3 mln. dollarga yoki 1,3 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1813,60 dollargacha o‘sishining ta’siri 168 mln. dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing