O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 33 mlrd 355,8 mln dollarni (oktyabrda 33 mlrd 460,2 mln dollar), xalqaro zaxiralar 32,4 mlrd dollarni tashkil etyapti. Bu haqda Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari statistikasida ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston zaxiralarining 19 mlrd 40,5 mln dollari oltin shaklida. Mavjud oltinning sof hajmi 10,2 million troy unsiya.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 13,9 mlrd dollarni tashkil etyapti. Xorijiy valyutadagi zaxiralarning 13,6 mlrd dollari bosh ofisi xorijda joylashgan banklarda saqlanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank oltin-valyuta

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing