O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb $1 mlrdga kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, 34 mlrd 607,3 mln dollarni tashkil etdi. Bu iyul oyiga nisbatan  976,2 mln dollarga kam. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12 mln troy unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21,2 mlrd dollardan 21 mlrd 78,6 mln dollarga kamaygan.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 13,3 mlrd dollardan 12,47 mlrd dollarga kamaygan.

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 531,9 mln. dollarga yoki 1,5 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1758,90 dollargacha pasayishining ta’siri 483,6 mln dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank oltin-valyuta

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing