O‘zbekistonning Olimpiada uchun yo‘llanmalari soni 15 taga yetdi

Sport

image

O‘zbekistonlik marafonchi Shohruh Davlatov keyingi yil Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘lgan.

U Ispaniyada o‘tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniyaga yaxshiroq natija. Shuningdek, Shohruh ushbu ko‘rsatkich bilan 38 yil avval o‘rnatilgan milliy rekordini (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Valensiyadagi nufuzli musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-o‘rinni egallagan.

Davlatov ushbu natijaga erishish uchun so‘nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Shohruh Davlatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing