O‘zbekistonning Olimpiada litsenziyalari soni 36 taga yetdi
Sport
−
22 aprel
3340Kecha, 21 aprel kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov (-97 kg) Parij-2024 olimpiyachilari safidan joy oldi. Bu yil 40 yoshni qarshi oladigan sportchi Qirg‘izistonda o‘tayotgan litsenzion turnirda yaponiyalik Yuri Nakazatoni mag‘lub etdi. Assakalov hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Uzur Juzupbekovdan ustun kelib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlarining yakuni bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi Rasuljon Abdurahimov parallel brus yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiada litsenziyalari soni 36 tani tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi