O‘zbekistonning Olimpiada litsenziyalari soni 27 taga yetdi
Sport
−
19 aprel 2024 4295 1 daqiqa
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘izistonda o‘tayotgan musobaqada Abdullayev -57 kg vazn toifasining finaliga yetib keldi. Ushbu natija unga ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini taqdim qilgan.
Qayd etish joiz, bu Abdullayev uchun faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada yo‘llanmasi hisoblanadi. Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada litsenziyalari soni 27 taga yetdi.