O‘zbekistonning xorijga avtomobil eksporti keskin ko‘paydi

Jamiyat

image

2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobil eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston – 24 137 ta  
  • Ukraina – 448 ta 
  • Rossiya – 320 ta
  • Afg‘oniston – 128 ta 
  • Tojikiston – 64 ta
  • Ozarbayjon – 37 ta
  • Qirg‘iz Respublikasi – 30 ta

Avvalroq, 2021 yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

eksport avtomobil'

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing