O‘zbekistonning Xitoy va Gretsiyadagi elchilari tayinlandi
Jamiyat
−
30 dekabr 2021
5393O‘zbekistonning Xitoy va Gretsiyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchilari tayinlandi.
Xususan, Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda Va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Gretsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq Farhod Arziyev Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.