O‘zbekistonning qaysi shahri yoki tumanida eng ko‘p aholi yashaydi?

Jamiyat

image

2025 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra, Namangan shahri tuman (shahar)lar orasida aholi soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahri aholi soni bo‘yicha 713,4 ming kishi bilan O‘zbekistondagi tuman (shahar)lar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Ushbu jadvalda ikkinchi pog‘onani Samarqand shahri – 595,8 ming kishi bilan egallagan. Samarqand viloyatining Urgut tumani esa 572,6 ming kishi bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Qolaversa, Andijon viloyatining Andijon shahri - 492,4 ming kishi bilan to‘rtinchi, Surxondaryo viloyatining Denov tumani - 430,5 ming kishi bilan beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, poytaxtning Olmazor tumani 412,0 ming kishi bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda. Yettinchi o‘rindan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani – 392,1 ming kishi bilan, sakkizinchi o‘rindan Toshkent shahrining Yunusobod tumani – 385,2 ming kishi bilan va to‘qqizinchi o‘rindan Toshkent shahrining Shayxontohur tumani – 369,9 ming kishi bilan joy olgan. Nihoyat, ushbu o‘ntalikni Andijon viloyatining Asaka tumani – 362,1 ming kishi bilan yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 19 135,8 ming kishi shaharda va 18 407,4 ming kishi qishloq hududida yashashi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi soni tuman (shahar)lar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing