O‘zbekistonning qaysi hududida aholi tezroq o‘syapti?

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston hududlari kesimida Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari aholisi qolganlariga nisbatan tez o‘smoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasida 2023 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,3% (1 981,8 ming kishi);
  • Andijon viloyati – 2,1% (3 338,2  ming kishi);
  • Buxoro viloyati – 1,7% (2 016,6  ming kishi);
  • Jizzax viloyati – 2,3% (1 483,1 ming kishi);
  • Qashqadaryo  viloyati – 2,2% (3 499,1 ming kishi);
  • Navoiy viloyati – 2,1% (1 060,6 ming kishi);
  • Namangan viloyati – 2,3% (3012,5  ming kishi);
  • Samarqand viloyati – 2,2% (4 137,9 ming kishi);
  • Surxondaryo  viloyati – 2,3% (2 821,9 ming kishi);
  • Sirdaryo viloyati – 2% (900,9 ming kishi);
  • Toshkent viloyati – 1,8% (3007 ming kishi);
  • Farg‘ona viloyati – 2,1% (3 994,8 ming kishi);
  • Xorazm viloyati – 1,8% (1 965,2 ming kishi);
  • Toshkent shahri – 3,3% (2 978,2 ming kishi).

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing