O‘zbekistonning ikki viloyatida qor yog‘di (video)
Jamiyat
−
06 may 2023
44443Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida hamda Jizzax viloyatining Zomin tumani dengiz sathidan 2 km yuqorilikdagi “Zomin sanatoriyasi” atrofida qor yog‘di. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Bugun, 6 may soat 8:30 holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tog‘li “Ko‘l” kuzatuv stansiyasida havo harorati 3 darajani tashkil etgan.
Erta tong stansiyada harorat nol darajaga yaqinlashgan va ayni dam Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlaridan nam havo oqimi o‘tayotgani uchun dengiz sathidan 2 km dan yuqori tog‘li hududlarda qor yog‘gan.
Xususan, viloyatning Kitob tumani tog‘li “Aspiduxtar” va “Denovbuloq” qishloqlarida qor yog‘ib o‘tgan.
Shuningdek, Yakkabog‘ tumani tog‘li “Zarmas” qishlog‘i hamda Dehqonobod tumani Oybek tog‘li joylari ham oppoq qor bilan qoplangan.
Shu bilan birga, Shahrisabz tumani tog‘li “Sarichashma” qishlog‘ida ayni damda qor yog‘moqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning dengiz sathidan 2200 metr yuqori tog‘li qishloqlarida yoqqan qor hodisalari va haroratning nol darajagacha pasayishi hududlardagi meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi