O‘zbekistonning ikki shahriga MDH doirasida yangi maqom berildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida Toshkent va Samarqand shaharlariga MDH doirasida yangi maqom berilishi tasdiqlandi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi yakuni bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum kildi.

Uning aytishicha, MDH Tashqi ishlar vazirlari 2024 yilda Toshkent shahrini MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti, Samarqandni esa madaniy poytaxti deb e’lon qilishga kelishib olgan. 

Shuningdek, u MDHning sport poytahti joriy yilda Minsk, 2024 yilda esa Armanistondagi Gyumri bo‘lishini ma’lum qilgan. Toshkentdan so‘ng esa 2025 yilda Gabala, 2026 yilda Kapan shaharlari MDHning yoshlar poytaxti bo‘lishi kelishib olingan.

Ma’lumot uchun, mazkur tadbirda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan, Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xojiyev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lgandi. Unda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etgandi. Uchrashuv oldidan Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston Tashqi ishlar vazirlarining 4 tomonlama muxokamalari ham bo‘lgan, unda tomonlar Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat uchun AQSH javobgar, degan xulosaga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MDH Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing