O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yinini rossiyalik hakamlar boshqaradi

Sport

image

O‘zbekistonlik milliy terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvini rossiyalik hakamlar guruhi boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik o‘yinlaridan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi.

Mazkur bellashuvni rossiyalik FIFA hakami Kirill Levnikov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoaning Eronga qarshi bahsi joriy yilning 24 sentyabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing