O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchisi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 may 2021
13524“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2020 yilda O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchisi bo‘ldi. Bu haqda Moliya vazirligi 2020 yilgi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida batafsil hisobotida ko‘rsatilgan.
Hisobotda O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi kompaniyalari nomlari aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat byudjetining deyarli yarmi (47,6 foiz) – 20 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan bajarilgan.
Eng yirik soliq to‘lovchisi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bo‘lib jami soliqlarning 23,1 foiz ushbu korxona hisobidan to‘ldirilgan.
Ikkinchi o‘rinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” – byudjetning 7,4 foiz soliqlarini to‘lagan.
Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekneftgaz” AJ – 4,5 foiz, “O‘ztransgaz” AJ – 3 foiz, “Uzauto Motors” AJ – 1,5 foiz, “Uzbat” AJ – 1,4 foiz, “O‘zbekgidroenergo” AJ – 1,3 foiz, Lukoil – 1 foiz va boshqalar.
LiveBarchasi