O‘zbekistonning Davlat tashqi qarzi xavfsiz hisoblanadi – Prezident

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident O‘zbekistonning Davlat tashqi qarzi haqida gapirdi.

“Hozirgi kunda O‘zbekistonning Davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra, xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, deydi Prezident.

Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat qarzi Murojaatnoma

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing