O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi
Jamiyat
−
31 may
6682O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2024 yil 1 yanvar holatiga 34,9 mlrd AQSH dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotida so‘z boradi.
Davlat tashqi qarzi – 29,6 mlrd AQSH dollari, davlat ichki qarzi – 5,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.
O‘zbekistonning asosiy kreditorlari Jahon banki – 6,6 milliard dollar, Osiyo taraqqiyot banki – 6,4 milliard dollar va xalqaro investorlar – 3,4 milliard dollar bo‘ldi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 2020 yilda chiqarilgan 2 trillion so‘mlik uch yillik xalqaro obligatsiyalarni to‘lagan. Hisobotda, shuningdek, mamlakat tashqi qarzlarining 71,4 foizi dollarda, 6,9 foizi so‘mda, 6,2 foizi yapon iyenasida ekani qayd etilgan.