O‘zbekistonning CAFA Nations Cup’dagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
03 iyul 9347 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni joriy yilning 29 avgustidan 8 sentyabrigacha o‘tkaziladigan CAFA Nations Cup-2025 musobaqasiga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, musobaqa mezboni sifatida O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin oldi. Shu bilan birga, guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga raqib bo‘ladigan jamoalar aniqlandi. Ular: Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Ummon.
“B” guruhidan esa Tojikiston (mezbon), Eron, Afg‘oniston va Malayziya milliy terma jamoalari joy oldi.

Qayd etish joiz, “A” guruhi o‘yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida, “B” guruhi va 3-o‘rin uchun bahs Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkziladi.
Ma’lumot uchun, CAFA 2014 yil iyun oyida tashkil etilgan va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining (OFK) beshta mintaqaviy assotsiatsiyasidan biri hisoblanadi. OFK tarkibiga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi (EAAF), Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (CAFF) va G‘arbiy Osiyo futbol federatsiyasi (VAFF) ham kiradi. Yevropa futbol federatsiyalari ittifoqi (UEFA) esa bunday ajratilgan tizimda ishlamaydi.
Live
Barchasi