O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi
Jamiyat
−
09 may 2019
9626Kecha, 8 may kuni Toshkent shahridagi “Vatanga qasamyod” haykali oldida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan vatanparvarlik aksiyasi tashkillashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda mustaqil O‘zbekiston armiyasining afsonasi – birinchi mudofaa vaziri, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aloqa instituti kursantlari hamda Tibbiy akademiya huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, nafaqadagi harbiylar, Yoshlar ittifoqi vakillari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi, “Nezabudki” bolalar raqs jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.
LiveBarchasi