O‘zbekistonning aholisi eng ko‘p hududi qaysi?
Jamiyat
−
15 aprel 2022
128772022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati O‘zbekistonning doimiy aholisi soni eng ko‘p hududi bo‘ldi. Viloyatning doimiy aholisi 4 mlndan ortiqni tashkil qilgan.
Respublika hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha ko‘rinish olgan:
• Samarqand viloyati – 4 049,9 ming kishi;
• Farg‘ona viloyati – 3913,4 ming kishi;
• Qashqadaryo viloyati – 3423,2 ming kishi;
• Andijon viloyati – 3268,5 ming kishi;
• Toshkent viloyati – 2954,4 ming kishi;
• Namangan viloyati – 2945 ming kishi;
• Toshkent shahri – 2879,8 ming kishi;
• Surxondaryo viloyati – 2757,6 ming kishi;
• Buxoro viloyati – 1983,3 ming kishi;
• Qoraqalpog‘iston R. – 1955,7 ming kishi;
• Xorazm viloyati – 1930,8 ming kishi;
• Jizzax viloyati – 1450,5 ming kishi;
• Navoiy viloyati – 1038,6 ming kishi;
• Sirdaryo viloyati – 883,1 ming kishi;
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
LiveBarchasi