O‘zbekistonning 6 viloyatida yer silkinishi qayd etildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2020
10421Bugun, 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:16 da (09.09.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 16:16 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 37,37 gradus shimoliy kenglik; 71,87 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 88 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 489 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 404 km, 2 ball.
Andijon: 382 km, 2 ball.
Farg‘ona: 335 km, 2 ball.
Guliston: 438 km, 2 ball.
Jizzax: 464 km, 2 ball.
Termiz: 406 km, 2 ball.
LiveBarchasi