O‘zbekistonning 5 ta hududi aholisi chang-to‘zondan ogohlantirildi

Bu qiziq

image

Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, poytaxtda ham shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing