O‘zbekistonning 10 ta viloyatida yer silkinishi kuzatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 15:27 da (12.05.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 10:27 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila epimarkazi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km;
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km;
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km;
Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km;
Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km;
Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km;
Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km;
Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km;
Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km;
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 496 km.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing