O‘zbekistonning 10 hududida koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
22 sentabr 2020 17518 1 daqiqa
2020 yil 22 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 232 nafarga oshib, 52 491 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 78 nafari Namangan viloyatida;
• 61 nafari Toshkent shahrida;
• 19 nafari Toshkent viloyatida;
• 16 nafari Andijon viloyatida;
• 12 nafari Jizzax viloyatida;
• 11 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 9 nafari Samarqand viloyatida;
• 7 nafari Xorazm viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 48 606 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 445 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr