O‘zbekistonni “yondiradigan” hafta kutmoqda
Bu qiziq
−
13 iyul 5050 2 daqiqa
O‘zbekistonda joriy hafta oxirigacha jazirama kuchayib, havo harorati ayrim hududlarda 44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 13 iyul kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hududning katta qismida havo harorati 38–41 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42–44 darajagacha bo‘ladi.
Ish haftasining oxirigacha issiq asta-sekin kuchayib boradi.
Kunduzgi havo harorati 41–43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42–44 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo dim bo‘lib, 23–28 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 28–33 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Joriy yilning 13–14 iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13 iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Joriy yilning 13–14 iyul kunlari havo harorati 38–40 daraja, 15–17 iyulda 40–43 daraja, kechalari esa asosan 25–28 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, O‘zgidromet joriy yilning 13–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilyotgani haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.
Live
Barchasi