O‘zbekistonliklarning Qozog‘istonda qolish muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2024 12826 1 daqiqa
O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tgan kundan 30 kun davomida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi “Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risida”gi bitimga o‘zgartirish kiritilib, o‘zbekistonliklarning ushbu davlatga kirishi, bo‘lishi va chiqib ketishi tartibi o‘zgargan.
Endi O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishlari mumkin.
Ammo umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya’ni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami bo‘lish muddati 3 oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Bu yangi qoida Qozog‘istonga 2023 yil 27 yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025