O‘zbekistonliklarni kaltaklagan politsiya xodimlari ishdan bo‘shatildi

Olam

image

Avvalroq, Moskva viloyatiga malakali mutaxassis sifatida ishlash uchun borgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, o‘zbekistonliklarni kaltaklagan ikki politsiya xodimi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda TASS RF IIV Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasi Matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xizmat tekshiruvi natijasida Balashix shahri politsiyasi Jinoyat qidiruv bo‘limining tezkor bo‘limi xodimlari ichki ishlar organlari xodimlarining sharafiga dog‘ tushirgani uchun vazifasidan ozod qilingan. Ular qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, Balashix politsiya boshqarmasi boshlig‘iga ham chora ko‘rilib, uning lavozimi pasaytirilgan.

Voqea joriy yilning 21 sentyabr kuni sodir bo‘lgandi. Politexnika muzeyini ta’mirlash uchun taklif qilingan o‘zbekistonliklar qirg‘izistonlik tanishining uyida yig‘ilib, ovqatlanayotgan paytda, fuqarolik kiyimidagi ikki politsiya xodimi kelib ulardan 10 ming rubl talab qilgan. O‘zbekistonlik oldida faqatgina 8 ming rubl borligini, u ham bank kartasida ekanini aytgan. Shundan so‘ng, politsiya xodimlari qirizistonlik va o‘zbekistonliklarni ura boshlagan. Shu vaqtda kaltaklanishdan qutilish uchun o‘zbekistonliklar oynadan sakragan. Natijada, og‘ir jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Balashix

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing