O‘zbekistonliklarga Rossiyada ishlash uchun patent olish osonlashadi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasida ishlash niyatidagi O‘zbekiston fuqarolari patentni mamlkat hududida olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi “Pasport va viza xizmati” federal davlat unitar korxonasi rahbari S.Mashin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilgan. Ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘lib, mutasaddilar bilan uchrashgan.

Uchrashuv vaqtida Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashda talab etiladigan patentni rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 20 kundan 30 kungacha vaqt talab etilishi ta’kidlangan. Bu vaqt oralig‘ida fuqaroning ishlashi mumkin emas va tabiiyki, bu jarayon mehnat migrantlaridan ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi.

Shu sababdan endilikda, Rossiya “Pasport va viza xizmati”ning O‘zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan vakolatxonasi hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining mamlakatdagi vakolatxonasi orqali patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi, xususan, rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixini o‘rgatish va tegishli sertifikat berish ishlarini O‘zbekistonda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, ketishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun taqiq bor-yo‘qligini tekshirish imkoniyatini yaqin vaqtda yaratish ham rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

patent

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing