O‘zbekistonliklar yildan yilga ko‘proq kredit olmoqda

Jamiyat

image

2022 yilda O‘zbekiston aholisi banklardan jami 14 trln so‘m kredit olgan bo‘lsa, 2023 yilning 8 oyida 46 ming nafar o‘zbekistonlik 10 trln so‘mdan oshiq ipoteka kreditlarini olishga ulgurgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Ipoteka kreditlarning 36%ni xotin-qizlar olmoqda va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 16%ga kam. Kredit oluvchilarning 64%ni esa erkak qarzdorlar tashkil etadi va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘proq.

Yosh nuqtai nazaridan hisoblanganda kreditlarning asosiy qismini 70% (32 134 nafar) 31-50 yoshlardagi fuqarolar olishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, 18% kreditlarni yoshlar – 18-30 yoshlardagi o‘zbekistonliklar olgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 19,9 foizga kamroqdir.

Viloyatlar kesimida olib qaralganda esa eng ko‘p ipoteka kreditini olish holati Toshkent shahrida kuzatilayotgan bo‘lsa, eng kam kredit qarzdorlari Sirdaryo viloyatida.

Ma’lumot uchun, banklarning o‘z mablag‘lari asosida ajratilgan ipoteka kreditlari uchun o‘rtacha foiz stavkasi 24,5 foiz bo‘lib turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Markaziy bank kredit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing