O‘zbekistonliklar va ozarbayjonliklar bozorda janjallashdi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Salova ko‘chasidagi bozorda travmatik qurol ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi. Natijada uch kishi jabrlandi. Bu haqda TASS Rossiya IIVning shahar va Leningrad viloyati bo‘limiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, janjalda umumiy 8 nafar O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ishtirok etgan. Janjal ishtirokchilaridan biri raqibiga tayoq bilan hujum qilgan.

“Hodisa natijasida uch kishi shifoxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

Janjal bozorda savdo nuqtasi sababli kelib chiqqan. Politsiya janjal ishtirokchilarining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish uchun kerakli choralarni ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg janjal

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing