O‘zbekistonliklar o‘rtasidagi janjalda bir kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
02 avgust 2019
8269Kecha, 1 avgust kuni Koreya Respublikasi O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmat xabar berdi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Kyongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi S.S. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.