O‘zbekiston fuqarolarining Koreyaga vizasiz borishiga yo‘l ochiladimi?
Jamiyat
−
14 avgust 2022
46562Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza rejimi bekor bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati bu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi.
“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bloger va internet faollaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘raydi va vazirlik logotiplari tushirilgan rasmlardan foydalanmaslikni maslahat beradi”, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 59 davlatiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Biroq, mamlakat Janubiy Koreya bilan vizasiz sayohat bo‘yicha shartnomalar tuzmagan. Koreyaga ishga borish uchun o‘zbekistonliklardan viza va UBT-EPS-Topik sertifikati talab qilinadi.
LiveBarchasi