O‘zbekistonliklar Turkiyaga kelin bo‘layotgan xorijliklar orasida yetakchilardan biri bo‘ldi

Bu qiziq

image

2024 yilda 3 509 o‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Bu haqda Turkiya Statistika instituti (TÜİK) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zbekistonlik ayollar turk erkaklari turmush qurgan xorijliklar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda suriyalik ayollar qayd etilgan. Kuchli uchlikni marokashlik ayollar yopib bergan.

Turkiya fuqarolari uylanayotgan xorijiy ayollar top-5 taligi:

  • Suriya – 3 519
  • O‘zbekiston – 3 509
  • Marokash – 2 427
  • Ozarbayjon – 2 195
  • Rossiya – 1 945

Bundan tashqari, turk qizlari turmushga chiqayotgan xorijlik erkaklar reytingi ham e’lon qilingan. Unga ko‘ra, 2024 yilda turk qizlari eng ko‘p suriyalik erkaklarga (1 222) turmushga chiqqan. Keyingi o‘rinlardan Germaniya (1 156) va Afg‘oniston (338) joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston kelin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing