O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistonida maishiy sohalarga jalb qilinishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlarida haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilinishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining chet elda bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Muzokaralar natijasida turli xorijiy davlatlarning, shu jumladan Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Alhejazgroup” rekruting kompaniyasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, O‘zbekistondagi mehnat bozorini o‘rganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilingan. 

Videoaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda arab mamlakatlari hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing