O‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishda “Sputnik V” bilan emlanayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishida bepul emlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabarlarga ilova qilinayotgan rasmda bir fuqaroning “Sputnik V” vaksinasi tadqiqotlarida ishtirok etganini tasdiqlovchi sertifikat ekani qayd etilgan bo‘lib, Rossiyaga kirishda emlangani bayon etilmagan.

“Shu o‘rinda qayd etish lozimki, dunyoning turli davlatlarida koronavirusga qarshi ko‘plab vaksinalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish va koronavirusga qarshi emlanish boshqa-boshqa jarayon hisoblanadi.

Xususan, “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonga olib kelingan va ayni vaqtda olimlarimiz tomonidan ushbu vaksina bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, ushbu vaksinaning 1 million dozasini xarid qilish, emlangan fuqarolarni ishlash maqsadida Rossiya hududiga kirishi uchun Rossiya hukumatining ruxsatini olish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jo‘nashi yuzasidan muzokaralar o‘tkazish uchun Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyatidan iborat delegatsiya a’zolari Rossiyada bo‘lib turgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik vaktsina

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing