O‘zbekistonliklar Polshada 15 martgacha bo‘lishi mumkin – TIV
Jamiyat
−
03 mart 2022
3581Kelgusida evakuatsiya qilish uchun Ukrainadan Polsha hududiga o‘tkazilgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakat hududida 15 martgacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.
“Polshadan aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha maxsus komissiya evakuatsiya uchun muhlatni 2022 yilning 15 martigacha belgilagan. Keyin esa chet el fuqarolari uchun vizasiz tartib tugaydi va jarimalar qo‘llanilishi boshlanadi”, degan Qobuljonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 2022 yil 15 martgacha Ukraina-Polsha chegarasini mustaqil ravishda, yakka tartibda vizasiz kesib o‘tishlari mumkin.
“O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi Katovitse aeroporti va to‘planish nuqtasidagi vaziyatni to‘liq nazoratga olgan. Diplomatik vakolatxona fuqarolarimizni chegaradan aeroportgacha (340 km masofa) bilan yetkazib beruvchi avtobuslarni ijaraga oldi. Bundan tashqari, ayniqsa, onalar va bolalar uchun issiq ovqat, dam olish joylari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan”, deydi Qobuljonov.
TIV vakilining ma’lum qilishicha, Ukraina orqali Polshaga o‘tgan 1 859 nafar O‘zbekiston fuqarosi 8 ta reys bilan Vatanga qaytarilgan.
LiveBarchasi