O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
27 avgust
18196Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning "2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida" gi farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra:
- 31 avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr — Mustaqillik bayrami kuni;
- 2 sentyabr — ko‘chirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli);
- 3 sentyabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
- 4 sentyabrdan barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.
Ma’lumot uchun, maktab, akademik lisey, kollej va texnikumlarda darslar 4 sentyabrdan, oliy ta’lim muassasalarida esa 9 sentyabrdan boshlanadi.