O‘zbekistonliklar maoshining qancha qismini yegulikka sarflaydi?
Bu qiziq
−
28 avgust 2023
10839“Euromonitor International” tadbirkorlik bo‘yicha xalqaro statistika agentligi dunyoning 105 ta davlatida aholi qancha pulini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflashi haqidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Yegulik uchun eng kam mablag‘ sarflaydigan mamlakatlar ro‘yxatning avvalgi qatorlaridan joy olgan. So‘ngi o‘rinlarni esa aholisi daromadining 50 foizi va undan ortiq qismini oziq-ovqatga sarflovchi davlatlar egallagan.
Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston reytingning oxirgi o‘nligiga kiritilgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar maoshining 46,5 foizini oziq-ovqatga sarflaydi. Bu ro‘yxatdagi 105 ta mamlakat orasida Qozog‘istondan oldingi 98-o‘rin demakdir.
Birinchi o‘rinni esa, 6,7 foiz ko‘rsatkich bilan AQSH egallagan. Bu, albatta, 50 foizga yaqin miqdorni tashkil etuvchi O‘zbekistonning ko‘rsatkichidan sezilarli darajada kam. Zero, o‘zbek xalqi to‘y-marakalarda to‘kin-sochin dasturxon yozishni kanda qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda odamlarning uy-joy sotib olish indeksi ham ortgan.
LiveBarchasi