O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, 5 mlrd keshbek yig‘di

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 2022 yil 14 yanvar holatiga ko‘ra, 401 ming 604 ta xarid cheklari keshbek uchun “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jami keshbek summasi 5 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Mobil ilovada 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Iste’molchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida qator talablar o‘rnatilmoqda.

Xususan, QR-kodli chek birinchi marta “Soliq” mobil ilovasida skanerlanganda iste’molchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan ma’lumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi.

Har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xarid qilib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing