O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
19 iyun 2023
31152O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan qancha dam olishi ma’lum qilindi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolari ketma-ket besh kun dam oladigan bo‘ldi. Bunda 28 iyun Qurbon hayiti, 29-30 iyun, payshanba va juma barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 1 iyul, shanba kuni, haftada olti kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni va 2 iyul, yakshanba dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 28 iyun kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti sifatida nishonlanishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr