O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
19 iyun 2023
31209O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan qancha dam olishi ma’lum qilindi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolari ketma-ket besh kun dam oladigan bo‘ldi. Bunda 28 iyun Qurbon hayiti, 29-30 iyun, payshanba va juma barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 1 iyul, shanba kuni, haftada olti kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni va 2 iyul, yakshanba dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 28 iyun kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti sifatida nishonlanishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar