O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yil 9 iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma e’lon qiladi.

Rasman tasdiqlanmagan hisob-kitoblarga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda 9 iyul kuni nishonlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida quyidagi kunlarda dam oladi.

9 iyul – shanba, Qurbon hayitining birinchi kuni (hali rasman tasdiqlanmagan)
10 iyul – yakshanba, taqvim bo‘yicha dam olish kuni
11 iyul – dushanba, barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
12 iyul – seshanba, ko‘chirilgan/qo‘shimcha dam olish kuni.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

1777

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing