O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi masalalarda firibgarlar “o‘lja”siga aylanayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 fevral 2021
73692020 yil davomida 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan. Sodir etilgan jinoyatlar tahlil shuni ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishgan, ularning 10 mingdan ortig‘ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo‘lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog‘iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Chet elga ishga jo‘natish (13,1 foiz), yer, uy oldi-sotdisi (13,9 foiz), o‘qishga yoki ishga kiritish (9 foiz) kabi va’dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko‘p uchraydigan firibgarlik bo‘lib qolmoqda.
“Hurmatli fuqarolar yuqoridagi ko‘rsatkichlarni oshib ketishiga sababchi bo‘lib qolmang. Arzon avtomashina yoki uy olish niyatida yillab halol yig‘gan pullaringizni aldovlarga uchib o‘z qo‘lingiz bilan firibgarlar qo‘liga topshirib qo‘ymang. Qonunga xilof ravishda qing‘ir yo‘llar bilan nisbatan arzon mulkka egalik qilaman deb jabrlanuvchilar safidan joy olmang.
Sizga tegishli mulklarning oldi-sotdisi bilan bog‘liq harakatlarni davlat organlari orqali amalga oshirishingizni so‘raymiz. Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik o‘zingizning qo‘lingizda!”, deyiladi departament axborotida.
LiveBarchasi