Navoiyda tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
13:57 1652 1 daqiqa
Navoiy viloyatining Nurota tumanida fuqaroni hamshiralik lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Nurota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida G‘ozg‘on shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi mudiri o‘rinbosari F.T. fuqaro O.A. ni shahar tibbiyot birlashmasiga hamshira lavozimiga ishga joylashtirib berish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.T. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqarolarni aldab, ularning ishonchiga kirgan hamda xorijga ishga jo‘natish evaziga firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi