O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi kasallikdan vafot etayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 aprel 2020
162212020 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 37,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil etdi. 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tushganligi (2019 yilning yanvar - mart oylarida 4,5 promille bo‘lgan) kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2020 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,4 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,3 foizi - o‘simtalardan, 5,5 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,3 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 2,1 ming nafarni tashkil etib, ularning 51,1 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,9 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 13,2 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 4,0 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,5 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,5 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 4,8 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
LiveBarchasi