O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilayotgani aytildi

Bu qiziq

image

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga sayohat qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida qariyb 7 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 23 foizga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:

  1. Qirg‘iz Respublikasi – 3,1 mln nafar;
  2. Qozog‘iston – 1,3 mln  nafar;
  3. Tojikiston – 1,2 mln nafar;
  4. Rossiya – 399 ming nafar;
  5. Saudiya Arabistoni – 296,4 ming nafar;
  6. Turkiya – 251,1 ming nafar;
  7. BAA – 126,3 ming nafar;
  8. Misr – 61 ming nafar;
  9. Xitoy – 46 ming nafar;
  10. Vetnam – 35,6 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Parij shahri 2025 yilgi 100 ta shahar yo‘nalishlari indeksida dunyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm sayohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing