O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi banknotdan foydalanmoqda?

Jamiyat

image

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar tarkibida eng katta ulush qaysi banknotaga tegishli ekanligi aniq bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, muomaladagi naqd pullar tarkibidagi eng katta ulushni 36,4 foiz bilan 100 ming so‘mlik banknotalar egallagan. Ikkinchi o‘rinni 28,5 foiz bilan 200 ming so‘mlik pullar qayd etgan.

Shuningdek, hisobotga ko‘ra, muomalada bo‘lgan eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich qaytarib olish va ularni yangilari bilan almashtirish choralari natijasida 5 000 so‘mlik banknotlar tarkibida eski namunadagi banknotlar miqdori 2024 yildagi 25 foizdan 2025 yilda 7 foizga, 10 000 so‘mlik banknotlarda – 24 foizdan 5 foizga, 50 000 so‘mlik banknotlarda – 25 foizdan 4 foizga va 100 000 so‘mlik banknotlarda – 18 foizdan 3 foizga qisqargan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank tomonidan 2025 yilda muomalaga qo‘shimcha 16,8 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan va 2026 yil 1 yanvar holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 18,1 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 foizga pasaygan.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Markaziy bank naqd pul banknota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing