O‘zbekistonliklar bu yil 270 mingta uy, 1 millionta mashina sotib oldi (video)
Jamiyat
−
26 dekabr 2025 1097 1 daqiqa
O‘zbekiston aholisi 2025 yilda 270 mingta uy, 1 millionta mashina sotib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
“Besh yil oldin aholimiz yiliga 210 mingta kvartira, 600 mingta avtomobil xarid qilgan bo‘lsa, bu yil 270 mingta uy, 1 millionta mashina sotib oldi. Agar aholining daromadi, xarid qobiliyati oshmaganida, birgina ko‘chmas mulk va avtomobil bozori 20 milliard dollarga yetarmi-di?” dedi Prezident.
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi