O‘zbekistonliklar BAAga kiritilmadi
Olam
−
01 dekabr 2024
21500Kecha, 30 noyabr kuni Abu-Dabiga uchib borgan samolyotdagi O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kiritilmadi. Holat yuzasidan O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib borgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagan.
O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.
“Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan ta’minlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, deyiladi elchixona xabarida.
LiveBarchasi