O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
27 yanvar
32253O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida qayd etilgan o‘limlarning 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqani aniqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda jami 172 800 – 95 000 nafari erkak, 77 800 nafar ayol kishi olamdan o‘tgan. Vafot etganlarning 93 600 nafari shaharlar, 79 200 nafari qishloqlar aholisi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ular orasida mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, o‘limlarning:
- 10,8 foizi – o‘simtalar;
- 5,5 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklari;
- 4,8 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar;
- 4,1 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari;
- 1,3 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklar;
- 12,4 foizi – boshqa kasalliklar oqibatida yuz bergan.
2023 yilda eng ko‘p o‘limlar soni Samarqand viloyatida qayd etilgan (19 388 ta). Shuningdek, Farg‘ona (18 658 ta), Qashqadaryo (16 424 ta), Andijon (15 877 ta), Toshkent viloyatlari (15 537 o‘lim) hamda Toshkent shahrida (15 616 ta) o‘limlar soni nisbatan yuqori bo‘lgan.
O‘limlarning o‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan hududlar – Navoiy, Sirdaryo Toshkent, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi