O‘zbekistonlik jangchi UFC 311 turnirida qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC jangchisi o‘zbekistonlik Bogdan Guskov UFC 311 turnirida umumiy 86 ming dollar miqdorida mukofot puliga ega chiqdi. Bu haqda “MMA Junkie” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bogdan Guskov Billi Elakana bilan jangdan keyin umumiy 86 ming dollar ishlab topdi. Shundan 43 ming dollarni bonus uchun olgan bo‘lsa, qolgani homiylardan, teletranslatsiyalardan tushgan mablag‘dan olgan ulushga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik jangchi 19 yanvar tongida bo‘lib o‘tgan UFC 311 turniri prelim kardida amerikalik Billi Elekanaga qarshi oktagonga chiqdi va ikkinchi raundda bo‘g‘ish uslubi orqali g‘alaba qozongandi.

Bogdan Guskov dastlab, turnir boshlanishidan oldin Jonni Uokerga qarshi jang qilishi kerak edi, ammo braziliyalik sportchi musobaqaga 3 kun qolganida jarohat olib, oktagonga chiqa olmasligini ma’lum qilgandi. Keyin promoushen Billi Elekanani Guskovga raqib qilib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Bogdan Gus'kov Billi Elakana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing